Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

O’zR Oliy Majlisi Senatining konferensiyasi ToshDSHIda

27.09.2019, 15:04 Yangiliklar 1996

27-sentabr kuni ToshDSHIda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash: milliy amaliyot va xorijiy tajriba» mavzusidagi konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada Senatning Fan, ta’lim va sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasi raisi Z.Nizamxo’jayev, O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi raisi A.T.Yusupov, Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi Ilmiy  tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi  boshlig‘i B.M.Ismoilov, Oliy Majlis Senati a’zosi, ToshDSHI rektori G.Rixsiyeva, shuningdek, qator yetakchi universitetlar rektorlari ishtirok etdilar.

Konferensiyada oliy ta’lim tizimida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashdagi dolzarb muammolar, ularni bartaraf etish choralari, xorijiy tajribaning munosib ko’rinishlarini milliy tizimga joriy etish, fan-ta’lim integratsiyasini ta’minlash kabi muhim masalalar muhokama etildi.

photo_2019-10-02_14-59-00 photo_2019-10-02_14-58-58 photo_2019-10-02_14-59-04 photo_2019-10-02_14-59-03 photo_2019-10-02_14-59-02