Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Padarkush yoxud o’qimag’on bolaning xoli” spektakli namoyish etildi

26.10.2018, 17:07 Yangiliklar 3162

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ishchi-xodimlar ma’naviy-ma’rifiy dunyosini boyitib borish maqsadida teatrlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Institut professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ishchi-xodimlarining har oyda shahrimiz teatrlariga tashriflari fikrimiz isbotidir. Shu bilan birga, joriy yilning 26-oktabr kuni O‘zbekiston Davlat Satira teatrining ijodiy jamoasi tomonidan M.Behbudiyning “Padarkush yoxud o’qimagan bolaning xoli” nomli asari asosida sahnalashtirilgan komedik-spektakl professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ishchi-xodimlarga institutning “Madaniyat saroyi”da namoyish etildi. Aktyor va aktrisalarning mohirona chiqishi yig‘ilganlar olqishiga sabab bo‘ldi hamda qatnashchilar o‘zlari uchun ulkan ma’naviy ma’rifiy hamda madaniy ozuqa oldilar.

Ma’lumot o’rnida shuni aytish mumkinki, Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush» dramasi 1911-yilda yozilgan bo‘lib, o‘zbek adabiyoti tarixida birinchi dramatik asarlardan biri sanaladi. Ushbu asar asosida sahnalashtirilgan spektakl Turkistonning barcha shaharlarida namoyish etilgan. Bu jihatdan Behbudiy o‘zbek teatrining tamal toshini qo‘ygan desak mubolag’a bo’lmaydi. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi. Spektaklda “o‘qimagan bolaning holi»ni, ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi. Yoshlar ta’lim olishi va kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit  alohida o‘rin tutishini «Padarkush» dramasi negiziga joylashtirilgan. Xulosa qilib aytganda, “Padarkush” dramasi ana shunday ilm-ma’rifatga targ‘ib va tashviq qilish e’tiboridan juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
IMG_3848IMG_3857

IMG_3861

IMG_3883

IMG_3875

IMG_3868

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi