«Pedagogika va psixologiya» kafedrasi professor-o‘qituvchilarining navbatdagi sayyor dars mashg‘ulotlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 13 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlarini mavzular bo‘yicha tegishli joylarda sayyor o‘tkazilishini ta’minlash to‘g‘risida»gi 340-son buyrug‘i xamda uning ijrosi bo‘yicha chiqarilgan institut rektorining 2019 yil 18 apreldagi 01-310 son buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida, «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan institut miqyosida Xitoyshunoslik, Sharq filologiya, Koreysshunoslik, Jaxon siyosati va Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti fakultetlarining 3-kurs (rus guruhlar) talabalari bilan birga navbatdagi sayyor dars mashg‘uloti Temuriylar tarixi davlat muzeyida o‘tkazildi. Sayyor mashg‘ulot 16-17 may kunlari “Umumiy pedagogika” fani doirasida “Temuriylar davrida ta’lim-tarbiyadagi isloxotlar va ilm-fan, madaniyatni rivojlanishi” mavzusida olib borildi. U yerda dars mavzusidan tashqari, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega suhbatlar o‘tkazildi. Dars o‘z ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadiga to‘liq erishildi. Ushbu mashg‘ulot talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.