“PhD sari qadam” loyihasi yuzasidan ekspertlar yig’ilishi
Yoshlar ishlari agentligi va Respublika yosh olimlar kengashi hamkorligida tashkil etilgan “PhD sari qadam” loyihasining navbatdagi ekspertlar yigʻilishi oʻtkazildi. Unda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva ishtirok etdi.
Taqdimot davomida loyihaning navbatdagi mavsumini tashkil etish, dars jarayonlariga professor-oʻqituvchilarni jalb qilish boʻyicha bir qator masalalar muhokama qilindi.
Loyihaning bu galgi mavsumini Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida oʻtkazish taklifi berildi.



