Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“PhD sari qadam” loyihasining tantanali yopilish marosimi bo’lib o’tdi

24.12.2025, 11:31 Yangiliklar 51

2025-yil 24-dekabr kuni Yoshlar ishlari agentligi, Respublika yosh olimlar kengashi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “PhD sari qadam” loyihasining tantanali yopilish marosimi bo’lib o’tdi.

Mazkur loyiha doirasida mentor sifatida faol ishtirok etgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik oliy maktabi dotsenti Dilfuza Abbasova yosh ayol-qizlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda izlanishlarga yo‘naltirish borasidagi samarali hissasi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.