Prof. M.İrisqulovning “Chet tillarini o’qitishda til nazariyasining o’rni” mavzusidagi ilmiy ma’ruzasi
2020-yil 5-fevral kuni “Turkiy tillar” kafedrasida navbatdagi ochiq ma’ruza bo’lib o’tdi. Ochiq ma’ruzaga taniqli tilshunos, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi, professor M.İrisqulov va Sharq filologiyasi fakulteti dekanı prof. Q.Sh.Omonov, professor-o’qituvchilar hamda talabalar taklif etildi. Prof. M.İrisqulov “Chet tillarini o’qitishda til nazariyasining o’rni” mavzusida ilmiy ma’ruza qildi. Olim o’z ma’ruzasida bugungi kunda chet tilini o’qitishning metodları va tarjimonlik xususida o’zining ilmiy tajribasidan kelib chiqqan holda atroflicha ma’lumot berdi hamda fakultet professor-o’qituvchilari bilan fikr almashdi.