“Professional diplomat qanday bo’lishi kerak?” mavzusida davra suhbati
2018-yilning 24-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakulteti Jahon siyosati yo’nalishi 4-bosqich talabalari uchun bir qator mamlakatlarda O’zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi lavozimida faoliyat yuritgan va hozirda TDSHIning “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedrasida siyosiy fanlardan dars berib kelayotgan S.M.Mirqosimov va ularning turmush o’rtoqlari, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi devonxonasining sobiq boshqaruvchisi N.K.Mirzayevalar bilan “Professional diplomat qanday bo’lishi kerak?” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Davra suhbatida talabalar diplomatiya sohasida uzoq yillik tajribaga ega bo’lgan S.Mirqosimov va N.Mirziayevalardan diplomat bo’lish uchun qanday kasbiy malaka, bilim va ko’nikmalar hamda qanday insoniy fazilatlar ega bo’lish lozimligi haqida ma’lumotlar olishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo’lishdi.