“Qizlar libosi – uning ibosi”
7-sentabr kuni TDShIda talaba-qizlarning kiyinish madaniyati va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlariga bag’ishlangan “Qizlar libosi – uning ibosi” mavzusida institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi va ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo’yicha mas’ul xodimlar boshchiligida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda institut talaba-qizlari hamda professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. Mazkur tadbirda talaba-qizlarning kiyinish madaniyati va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda to’g’ri kiyinishlari, atrofdagilar bilan munosabatda go’zal xulq-atvor ko’rsatishlari, institut ilmiy va madaniy-ma’rifiy hayotida faol ishtirok etishlari, ilm olishda jonbozlik ko’rsatib, yuqori marralarga intilishlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.