Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 10 nafar talabalari stajirovka o‘tash uchun Xitoy Xalq Respublikasiga yuborildilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4680-sonli qarorining “2020-2023 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini kompleks rivojlantirish dasturi” to‘g‘risidagi 1-ilovasining 25-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vazirligi o‘rtasida 1999-yil 8-noyabrida imzolangan hamkorlik Bitimiga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 10 nafar o’qituvchi va talabalari xitoy tili bo‘yicha Xitoy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tash uchun Xitoy Xalq Respublikasiga yuborildilar.