Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

QO’SHMA TA’LIM DASTURI MAGISTRATURA BOSQICHI BO’YICHA E’LON!!!

26.08.2022, 20:25 1949

SHARQSHUNOSLIK SOHASIDA YETAKCHILARDAN HISOBLANADIGAN IKKITA OLIY TA’LIM MUASSASASINING MAGISTR DIPLOMIGA EGA BO‘LISH UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!!! 

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turkiya Respublikasining Anqara Hoji Bayram Vali universiteti bilan hamkorlikdagi 70230101 – Lingvistika (tilshunoslik va turkiy tillar) magistratura qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishga taklif etadi.

O‘qish muddati – 2 yil, Qabul kvotasi – 10 ta. 

Talabalar 1-kursning 1-semestrida – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida, 2-semestrida – Anqara Hoji Bayram Vali universitetida o‘qiydilar. 2-kursda 1 akademik yil – magistrantning ilmiy rahbari qaysi universitet vakili bo‘lsa o‘sha universitetda ilmiy tadqiqot ishini olib boradilar.

Anqara Hoji Bayram Vali universitetida ta’lim olish jarayonida talabalar universitet kutubxonasi va professor-o‘qituvchilarning bepul maslahatlari va rahbarliklaridan to‘liq foydalanadilar. Yotoqxona, transport, sog‘lik sug‘urtasi va kundalik turmush bilan bog‘liq sarf-xarajatlar talabalarning hisobidan qoplanadi.

QABUL FAQAT TO‘LOV-SHARTNOMA ASOSIDA 

10.08.2022 dan 10.09.2022 gacha

TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR

1. Pasportning asli va nusxasi (yashash joyi haqidagi ma’lumot yozilgan sahifasi bilan), ariza, rasm 3×4 8 dona, konvert 1 dona, yig‘majild 1 dona.

2. Filologiya, tarjima nazariyasi va amaliyoti, pedagogika, jurnalistika ta’lim yo‘nalishini bitirganligi haqidagi bakalavr diplomi

3. B2 darajasiga ega xalqaro yoki milliy sertifikatning asli va nusxasi (chet tili testidan ozod qiladi)

Telefonlar: +99897 747 69 81

+99871 233 29 85

+99871 233 34 28    

+998 98 307 54 84