Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Qozon federal universiteti delegatsiyasining tashrifi

07.04.2022, 21:03 Yangiliklar 1814

     2022-yil 7-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universitetining Xalqaro munosabatlar instituti direktori o‘rinbosari Rafael Valiev, Tarix fanlari va Jahon madaniy merosi oliy maktabi dekani, Tatariston Respublikasi Arxeologiya instituti direktori Ayrat Sitdikov va Arxeologiya kafedrasi dotsenti Yelena Vorobyevdan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

     Uchrashuvda mehmonlar tomonidan QFUning bugungi kundagi ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlariga to‘xtalib, TDShU va QFU o‘rtasida amalga oshirilgan ishlarga baho berildi va istiqbolda o‘zaro hamkorlikni yuqori pog‘onaga chiqarish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

     Uchrashuvda QFU delegatsiyasi tomonidan o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida sharq tillari bo‘yicha TDShU professor-o‘qituvchilarini QFUga malaka oshirishga yuborish, 2023-yildan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish, hamkorlikda ilmiy konferentsiyalar va seminarlar tashkil etish, doktorantura bo‘yicha stajirovkani tashkil etish kabi qator takliflar ilgari surildi.

     TDShU rektori G.Rixsiyeva hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, delegatsiya tomonidan bildirilgan takliflar maqsadga muvofiq ekanligini e’tirof etdi va o‘z navbatida, xalqaro reytinglar bilan ishlash, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha QFU tajribasidan foydalanish, “Raqamli diplomatiya” va “Raqamli iqtisodiyot” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim dasturlarini tashkil etish, birgalikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning qisqa muddatli yozgi maktablarni tashkil etish takliflari bildirildi.

      Uchrashuv so‘nggida TDShU va QFU o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik doirasida bildirilgan takliflar o‘zaro manfaatli ekanligi e’tirof etildi va yaqin davrda hamkorlikda ularni amalga oshirishga kelishib olindi.

IMG_1134

IMG_1163

IMG_1238

IMG_1250