Qozon federal universiteti instituti direktori TDSHUda
Joriy yilning 25-noyabr kuni TDSHUga Qozon Federal universiteti “Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti” direktori Bagautdinova Nailya Gumerovna tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmon Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti jamoasi bilan uchrashdi va institut faoliyati haqida ma’lumot berdi hamda iqtisodchilar bilan turli loyihalar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, N.Bagautdinova universitet Ilmiy Kengashida “Точки роста современного университета в условиях цифровой экономики” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
TDSHU Matbuot xizmati