Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Rektor va yoshlar muloqoti” doirasida talabalar turar joyiga tashrif

27.03.2026, 11:22 Yangiliklar 122

2026-yil 27-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva Rektor va yoshlar muloqoti doirasida Talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, yaratilgan qulayliklar hamda yashash muhitining umumiy holati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning kundalik ehtiyojlari, muammolari va takliflari tinglandi.