Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

RISHTON – SHARQ MADANIYATI VA KULOLCHILIK AN’ANALARI QO‘SHILGAN MASKAN

22.09.2025, 10:38 Yangiliklar 323

Farg‘ona vodiysining eng qadimiy va betakror shaharlaridan biri bo‘lgan Rishton yana bir bor o‘zining boy tarixiy merosi va amaliy san’atdagi o‘rnini namoyon etdi. 2025 yilning 20 – 21- sentabr kunlari bu yerda II Xalqaro kulolchilik forumi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forum nafaqat ilmiy doiralar, balki san’at, madaniyat va sayohat ixlosmandlarini jamlagan yirik xalqaro tadbir bo‘lib, unga dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan taniqli kulollar, hunarmandlar, san’atshunoslar va sayyohlar tashrif buyurdi. Ularning safida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari ham faol ishtirok etdilar. Shaqrshunoslik unversiteti Turizm kafedrasi professor -o‘qituvchilari va iqtidorli talabalarining ushbu nufuzli forumda ishtirok etishdan asosiy maqsadi, an’anaviy kulolchilik san’atining turizm sohasidagi imkoniyatlarini o‘rganish, shuningdek amaliy bilim va tajribni boyitishdan iborat bo‘ldi.

Shu bilan birga professor-o‘qituvchilar o‘z ilmiy tadqiqotlarini mahalliy hunarmandchilik, hududiy turizm, milliy merosning jozibadorligi mavzularida davom etirish maqsadida malumotlar to‘plash va tahlil qilish ishlarini olib bordilar.

Talabalar forum ishtirokchilari, xususan Sharq mamlakatlari va uzoq xorijdan tashrif buyurgan hunarmandlar, olimlar va turistlardan interv’yu olib, ularning forum to‘g‘risidagi taassurotlari, madaniy meros va kulolchilik san’ati haqidagi fikr-mulohazalarini to‘pladilar.

Bu interv’yu orqali talabalar nafaqat xorijiy ishtirokchilarning O‘zbekiston va Rishton kulolchiligiga bo‘lgan qiziqishini o‘rganishdi, balki madaniy diplomatiyani rivojlantirish hamda turizm sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini mustahkamlash imkoniyatini ham qo‘lga kiritdilar.

Shuningdek, mazkur muloqotlar talabalarining chet tili ko‘nikmalarini oshirish, an’anaviy hunarmandchilik va madaniy turizmga oid bilimlarini kengaytirishga xizmat qildi.