Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Rishton tumani va TDSHU hamkorligida turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi bosqich

23.05.2025, 11:05 Yangiliklar 313

Rishton tumani va TDSHU hamkorligida turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi bosqich.
Rishton tumani hokimi Xoliqov Bahodir Rahmatullayevich 21-may kuni tumanga tashrif buyurgan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining turizm ishchi guruhi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26-aprel 2023-yildagi PQ-135-son hamda 18-iyul 2024-yildagi PQ-269-son qarorlariga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga biriktirilgan Rishton tumani va universitet o‘rtasida Rishton tumanining turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasidagi turizm obyektlari haqida tarixiy, madaniy, ilmiy asoslangan ma’lumotlarni to‘plash, mexmonxona sohasi va xizmat ko‘rsatish mutaxassislari uchun qisqa muddatli kurslar hamda seminar-treininglarni tashkil qilish, zamonaviy turizm xizmatlarini joriy etish, turizm obyektlariga etnoturizm yo‘nalishidagi yangi turistik marshrutlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari asosida turpaketlar ishlab chiqish to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar 2025-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashdilar. Xususan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
– Rishtonning tarixiy va madaniy obyektlarini (xususan, qadimiy kulolchilik markazlari, ziyoratgohlar) tahlil qilish va ularni zamonaviy turizm yo‘nalishlariga moslashtirish;
– mahalliy aholining turizm bo‘yicha salohiyatini oshirish, hunarmandchilikni rivojlantirish va targ‘ib qilish, agroturizm va ekoturizmni rivojlantirish;
– turizm marketingi va brendini targ‘ib qilish bo‘yicha tashabbuslar – Rishton tumani brendi, reklama mahsulotlari, raqamli platformalardagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
– universitetning ilmiy va amaliy tadqiqotlaridan foydalanish – tuman turizm salohiyatini ilmiy asosda baholash, yangi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
– amaliyot va stajirovka imkoniyatlari – universitet talabalarining Rishton tumanida turizm yo‘nalishida amaliyot o‘tashi, bu orqali nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish.