Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Rishtonda mehmonxona sohasi va xizmat ko‘rsatish mutaxassislari uchun professional imijga bag‘ishlangan o‘quv kursi boshlandi

13.12.2025, 11:03 Yangiliklar 87

Rishtonda mehmonxona sohasi va xizmat ko‘rsatish mutaxassislari uchun professional imijga bag‘ishlangan o‘quv kursi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-440 son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat rejasining 4-bandida keltirilgan vazifalarni amalga oshirish maqsidida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turizm kafedrasi mudiri Ch. Xusanov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan joriy yilning 12-dekabrida Rishton tumanidagi mehmonxona sohasi va xizmat ko‘rsatish mutaxassislari uchun “Xizmat ko‘rsatish sohasida xodimlarning professional imijini shakllantirish omillari va mexanizmlari” nomli qisqa muddatli o‘quv kursining dasturi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari boshlandi.
Ushbu kursni o‘qitishdan maqsad – Xizmat ko‘rsatish xodimlarida professional imijini shakllantirish, saqlash va rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, omillar va mexanizmlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni berishdan iborat.

Turizm kafedrasining 1-kurs magistranti – Mercure Tashkent West mehmonxonasi sotuv bo’limi bosh mutaxassisi Abdullayeva Shohzoda tomonidan kurs tinglovchilariga “Xizmat jarayonida professional imijni mustahkamlash strategiyasi” va “Professional imijni shakllantirish mexanizmlari” mavzularida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.