Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Saylov–2019: Ovoz berish va ovoz natijalarini aniqlash tartibi, saylov jarayonining oshkoraligini ta’minlash masalalari muhokamasi

30.11.2019, 16:54 Yangiliklar 1750

ToshDSHI Sharq filologiyasi fakultetida institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan “Institutda oktabr-noyabr Saylov Qonunchiligi targ‘iboti oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha berilgan topshiriqni bajarish maqsadida “Saylovda ovoz berish va ovoz natijalarini aniqlash tartibi, saylov jarayonining oshkoraligini ta’minlash” masalasida talaba-yoshlarga batafsil ma’lumotlar berish maqsadida bir guruh talabalar fakultet dekani hamrohligida 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shaxar Mirobod tumani 17-Mingo‘rik okrug saylov uchastkasiga tashrif buyurdilar. Okrug saylov uchastkasi raisi muovini Axatov I.N. tashrif buyurgan talabalarga Saylov–2019, undagi o‘zgarish va afzalliklar haqida hamda saylovlarda ovoz berish jarayoni, uni tashkil qilish masalalari to‘g‘risida, Toshkent shahar Mirobod tumani 17-Mingo‘rik okrug saylov uchastkasiga tumanimizdagi 14 ta saylov uchastkasi biriktirilganligi, hozirgi kunda barcha saylov uchastkalari tayyor holga keltirilganligi, ulardagi ishchi guruhlar a’zolari tajribali xodimlardan tarkib topgan bo‘lib, ushbu a’zolar tomonidan qat’iy jadval asosida navbatchiliklar tashkil etilganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Okrug saylov uchastkasi raisi muovini institutdan tashrif buyurgan talaba va ustozlarga Yangi O‘zbekiston, Yangi saylovlar iboralari  mazmun-mohiyatini to‘liq tushunib olishlari kerakligini aytib o‘tdi.

ToshDShI Sharq filologiyasi fakulteti dekani professor Q.Sh. Omonov Toshkent shahar Mirobod tumani 17-Mingo‘rik okrug saylov uchastkasi raisi I.N.Axatovga qabul uchun minnatdorchiligini bildirib, talaba-yoshlarimiz o‘zlari uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olganliklari, shuningdek, fakultet talabalarining 48 nafari bu yilgi saylovlarda ko‘ngilli tarjimon sifatida bevosita saylov jarayonlarida ishtirok etishlari va bugungi davra suhbati ular uchun juda muhim bo‘lganligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar.

1 2 4