Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Ilm-fan va hamkorlik

2024-yilning 17-19-oktabr kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, siyosiy fanlar doktori Shuhrat Yovqochev Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan «Современное историческое и филологическое кавказоведение: состояние, проблемы и перспективы» mavzusidagi xalqaro konferensiyada “Генезис ислама и доисламских верований в Центральной Азии” nomli ilmiy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Xuddi shu kunlari Hindistonning Banoras shahri, Banoras Hindu universitetining ayollar kollejida Hindiy adabiyotiga bag’ishlangan “O’rta asr hindiy adabiyoti: ijtimoiy shakl va folklor” mavzusida bo’lib o’tgan  xalqaro seminarda TDSHU Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi o’qituvchisi Mo’tabar Ismatullayeva ishtirok etdi.

Bu kabi xalqaro konferensiyalar ilm-fan sohasida sherikliklarni kengaytirish, bilim va resurslarni bo‘lishish hamda mintaqaviy va xalqaro darajada yanada samarali hamkorliklarni o‘rnatishga imkon yaratadi.

02.07.2025, 15:51 298