“Shab-e yaldo” tadbiri tashkil etildi
Bugun 22-dekabr sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Eron-afg‘on filologiyasi” hamda “Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedralari hamkorligida “Shab-e yaldo” tadbiri tashkil etildi. Unda kafedraning 1-4 kurs talabalari fors tilida she’rlar yodlab berib, g‘azalxonlik qildilar.
Tadbirda Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi konsuli Murtazo Bog‘eriy, TDSHU Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Elyor Mahmudov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Qudratulla Omonov, Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Ikrom Bultakov hamda kafedraning ustozlari qatnashdilar.
Professor Adhamjon Quronbekov “Shab-e yaldo” uzoq tarixga ega ekanligini, deyarli 25 asrdan beri nishonlanib kelishini, “yilning eng uzun tuni” ma’nosini ifodalashini, bu kechada barcha oila a’zolari, yaqinlar dasturxon atrofiga jamlanib, g‘azalxonlik, hofizxonlik qilishilarini, kelayotgan yangi kunlar hurramlikda, shodlikda o‘tishini ta’riflab berdi. Tadbir ahamiyati yuzasidan kafedra ustozlari S. Abbosiy, M.Asloniy, M. Imomnazarovlar so‘zga chiqib, elchixona xodimlar, ustozlar va talabalarga samimiy qutlovlar bildirishdi.