Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi
Ilmiy darajasi va unvoni: | ||
Lavozimi: | ||
Qabul vaqtlari: | ||
Tel.: | ||
E-mail: |
Sharq xalqlarining madaniyati, sharq tillaridagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni har tomonlama chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targ‘ib etish Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilangan.
MARKAZ DIREKTORINING FUNKSIONAL MAJBURIYATLARI
Markaz direktori:
markazning faoliyatini boshqaradi;
markaz xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
markaz bo‘limlari xodimlari hisobotini eshitadi;
qonun hujjatlariga muvofiq Markaz xodimlariga ajratilgan mablag‘lar doirasida qo‘shimcha pul, mukofot va boshqa rag‘batlantirish usullarini qo‘llash tartibi va shartlarini belgilaydi;
markazga yuklangan vazifalar uchun shaxsan javob beradi;
markaz faoliyatiga ta’alluqli masalalar bo‘yicha majlislar o‘tkazadi;
markaz xodimlariga intizomiy choralarni qo‘llash va rag‘batlantirish masalalarini hal qiladi;
o‘z o‘rinbosari va Markazning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilaydi, xodimlar o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi, Markazning alohida uchastkalariga rahbarlik qilishi borasida o‘z o‘rinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi;
maxalliy va xorijiy tashkilotlarda Markazni ifoda etadi;
markaz faoliyatiga jalb qilingan shaxslar (xodimlar) bilan qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi va bekor qiladi;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori va ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori bilan kelishilgan holda Markaz tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
markaz faoliyatining vazifalari va yunalishlariga mos keladigan rejalarni tasdiqlaydi;
markaz faoliyatini olib borishda tegishli masalalarni qonunchiliklikka muvofiq belgilangan tartibda hal etadi;
qonun hujjatlari asosida va ushbu Nizom doirasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi nizomi