Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq tillaridan test namunalari

02.06.2020, 19:23 Yangiliklar 7953

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4682-son qarorida 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga qabulda avvallari o‘tkazib kelingan ko‘p balli tizim asosidagi imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu topshiriq yuzasidan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan turk, arab, fors, dariy, hind (hindiy), urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur va yapon tillari bo‘yicha testlar tafsiloti, test namunalari ishlab chiqildi, shuningdek, test mazmuni va shakliga oid xususiyatlar muvofiqlashtirildi.

Saytimizga abituriyentlar uchun sharq tillari bo‘yicha shakllantirilgan testlardan namunalar joylashtirildi. Test namunalari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

 

Sharq tillaridan test namunalari

 

Foydalanuvchilar testlar bilan tanishishlari, savollar va javoblarni mazmun va shakl jihatdan o‘rganishlari, tahlil qilishlari hamda testlar bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishlari mumkin.

Manba:https://dtm.uz/post/view/toshkent-davlat-sharqshunoslik-universiteti