Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq tilshunosligi ilmiy markazining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi

04.10.2018, 19:55 Yangiliklar 2531

2018-yilning 4-oktabr kuni TDSHI Sharq tilshunosligi ilmiy markazining navbatdagi  yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda ilmiy markaz rahbari, filol.f.d., prof. A.Quranbekov (rais), filol.f.d., prof. H.Islomjonova (rahbar o‘rinbosari), ilmiy markaz a’zolari filol.f.n., dots.lar A. Karimov, X.Alimova, S. Nurmatov, M.Abdurahmonova, D.Ahmedova, PhDlar Kim Natalya, N.Xolmurzayeva, S.Qosimova, Kafedra mudirlari U.Muhibova, Sh.Shomusarov, U.Maksumova va ilmiy kotib Sh.To‘laganova ishtirok etdi.

Kun tartibiga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti kafedralarida ilmiy maktablar yo‘nalishini shakllantirilishi masalasi qo’yildi.

Ushbu masala yuzasidan majlis raisi filol.f.d., prof. A.Quranbekov so‘zga chiqdi va mazkur sohaning eng dolzarb muammolari va asosiy yo‘nalishlari – qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik, manbashunoslik va matnshunoslik sohalarida bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Shuning uchun ham, kafedralar o‘z ilmiy maktabi faoliyatini mazkur masalalar qamroviga bag‘ishlashi lozimligini ilova qildi. So‘ng, har bir kafedraning ilmiy yo‘nalishi tinglandi.

Fikr-mulohazalar asosida:

  1. Ilmiy markaz institutdagi barcha til kafedralarining yo‘nalishlarini belgilab, o‘sha yo‘nalishlar asosida bitiruv-malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bazasini shakllantirish tavsiya qildi.
  2. Bitiruv-malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari Sharq tilshunosligi ilmiy markazining keyingi yig‘ilishida tasdiqlanishi belgilandi.

20181004_140741