«Sharqning buyuk allomalari» to‘garagi doirasidagi navbatdagi tadbir
2021-yil 30-noyabr soat 18:00 da TDSHU Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasining «Sharqning buyuk allomalari» to‘garagi rejasi asosida, kafedra o‘qituvchisi Dinora Yusupova tomonidan kechki ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 2-bosqich fors-ingliz guruhi talabalari ishtirokida «Firdavsiy va fors adabiyoti» mavzusi doirasida tadbir va ochiq dars bo‘lib o‘tadi.
Barcha adabiyot ixlosmandlarini mazkur tadbirga taklif etamiz!
TDSHU Matbuot xizmati