“Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Sharqshunos tahlilchilar” ilmiy-tahlil klubi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 apreldagi PQ-4680-sonli “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi karori asosida Sharq mamlakatlaridagi siyosiy jarayonlarni chuqur tahlil etish, ushbu jarayonlarni ilmiy jihatdan oʼrganish, professional sharqshunos tahlilchilarni tayyorlash hamda boʼlajak sharqshunos mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga koʼmaklashish maqsadida tashkil etilgan.
Klub rahbari:
PhD Suhrob Bo‘ronov |
Koordinator:
Quvonchbek Mahmudov
|
Maqsad: Sharq mamlakatlaridagi siyosiy jarayonlarni chuqur tahlil eta oladigan, professional, dunyoqarashi keng, zamon bilan hamnafas sharqshunos tahlilchilarni tayyorlash.
Vazifalari:
- Sharq mamlakatlarida yuz berayotgan voqea-hodisalar haqida tahliliy ma’lumotlar yozish;
- Xalqaro munosabatlarga oid bestseller xorijiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish;
- Respublika va xorijiy jurnallarda, gazetalarda ilmiy maqolalar chop etish;
- Konferensiyalar va davra suhbatlari o‘tkazish;
- Sharqshunos elchilar, diplomatlar va siyosatshunoslar bilan uchrashuvlar o‘tkazish.
A’zo bo‘lish: Ariza va klub a’zolarining suhbati asosida
Klub yig‘ilishini o‘tkazilish vaqtlari: Har oyning oxirgi shanbasi
Ijtimoiy tarmoqlarga havola:
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube | Twitter