Sharqshunos talabalar festivali – 2023
17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan universitetimizning Yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan tashkil etilayotgan «Sharqshunos talabalar festivali – 2023″ning tashkiliy jarayonlariga start berilish arafasida…
✅ Festival joriy yilning noyabr-dekabr oylarida bo’lib o’tadi.
🔍 Festivalda Sizni nimalar kutmoqda?
1. «Zakovat-Quiz» intellektual o’yini;
2. «Kahoot» enerjayzer o’yini;
3. «Eng namunali fakultet liderlari» tanlovi;
4. «Sharq Renessansi» mavzusida insholar tanlovi;
5. «Cybersport» musobaqasi;
6. Sharqona taomlar festivali;
7. «Movie day» loyihasi;
8. «Tengdoshga tengdosh» loyihasi;
9. «Talent show»;
10. «Notiqlik san’ati» tanlovi;
11. «Sharqona liboslar» tanlovi;
12. «Kvest» sportcha intellektual o‘yini;
13. «Mening universitetim» mavzusida videoroliklar tanlovi;
14. «Sharqshunos zukko kitobxon» viktorinasi;
15. Sport – online games;
16. «Yulduzli kun» loyihasi;
17. Sport o’yinlari – shaxmat va shashka yo’nalishida
📣 Barcha universitetimiz talabalarini festival davomida faollikka chorlab qolamiz!
🤩 Sizni unutilmas lahzalar va esda qolarli sovgʻalar kutmoqda!
✨ Sizlar uchun eng yaxshilarini taqdim etamiz!