«Sharqshunos talabalar festivali-2023» doirasida «Sharqshunos zukko kitobxon» viktorinasi bo’lib o’tdi
✅ Festival doirasida talaba-yoshlarning kitobxonlikka bo’lgan e’tiborini oshirish, ularda kitob o’qish ko’nikmalarini shakllantirish hamda bilimli yoshlarni rag’batlantirish maqsadida tashkil etilgan «Sharqshunos zukko kitobxon» viktorinasi bo’lib o’tdi.
✅ Qizg’in ruhda o’tgan tanlovda g’oliblikni quyidagi ishtirokchilar qo’lga kiritdi:
1-o’rin: Erkinova Marjona – Xitoyshunoslik fakulteti talabasi;
2-o’rin: Fayzullayev Azamat – magistrant;
3-o’rin: Qurbanov Sherzodbek – Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti talabasi
