Sharqshunoslarning sport festivali-2025

#SDG3
#festival #sport
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-oʻqituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talaba-yoshlarini sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida joriy o’quv yili davomida o’tkaziladigan “Sharqshunoslarning sport festivali-2025″ga start berildi.
Festival doirasida quyidagi sport turlari:
Mini futbol;
Stol tennisi;
Voleybol;
Basketbol;
Badminton;
Marafon;
Shaxmat;
Bowling;
Kibersport;
Velomarafon;
Shashka.
Etno sport turlari:
Kurash;
Tosh ko’tarish;
Qo’lda kuch sinashish (Armwresling);
Arqon tortish kabi sport turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etiladi.
Barcha sharqshunoslarni ushbu sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
“Sport sog’lik garovi”