Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

She’riyatni qalblarga ko‘chirgan shoir

25.01.2017, 17:46 Yangiliklar 4454

2017-yil 24-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning 80 yilligiga bag‘ishlangan “She’riyatni qalblarga ko‘chirgan shoir” nomli adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida institut rektori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, filologiya fanlari doktori, professor A.Mannonov so‘zga chiqib, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning ibratli hayot yo‘li, ulkan ijodiy faoliyati va u bilan bo‘lgan uchrashuvlar haqida iliq fikrlarini bildirdi. So‘ng tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar – O‘zbekiston xalq shoiri, senator Iqbol Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nodir Jonuzoq, shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti, adibning “Oltin devor” hajviy spektakli qahramonlaridan biri Gavhar Zokirova, shoirning she’rlarini rus tiliga o‘girgan tarjimon dotsent N.D.Ilinlar shoir ijodining nozik qirralari, kamdan kam insonlarda uchraydigan kamtarlik kabi fazilatlarni esga olib, shoir xotirasiga bag`ishlangan o‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib berdilar. Dotsent M.To‘xtamirzayev esa “Erkin Vohidov – Sergey Yesenin tarjimoni” mavzusida ma’ruza qildi. Sevimli shoirimiz Erkin Vohidovning ijodiy faoliyatiga mehr qo‘ygan institutimizning bir guruh iqtidorli talabalari  shoir she’rlarini o‘zlari o‘rganayotgan sharq tillariga qilgan tarjimalaridan tadbir qatnashchilari e’tiboriga havola qildilar.
Tadbirning badiiy qismida el suygan xonandalar Shuhrat Daryo, Ro‘ziali Raxmonovlar shoir she’rlari asosida tayyorlagan qo‘shiqlari bilan tadbir ishtirokchilarini xushnud etdilar.
Tadbir barcha yig‘ilgan professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlarga manzur bo‘ldi. Ushbu tadbir “Poytaxt” va “Yoshlar” radiokanali orqali efirga olindi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

photo_2017-01-26_09-59-23

photo_2017-01-26_09-59-05

photo_2017-01-26_09-59-28

photo_2017-01-26_09-58-37