SHHT Xalq diplomatiyasi markazida ustoz-shogird anʼanalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-yilning 13-yanvar kuni Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan Konrad Adenauer jamgʻarmasi bilan hamkorlikda “Xalq diplomatiyasi kelajagi: milliy va xalqaro tajribada ustoz-shogird anʼanalari” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda TDSHU “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi, siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) Maʼmuraxon Asrorxoʻjayeva “YuNESKO: ustozlar taʼlim islohotlarining harakatlantiruvchi kuchi sifatida” mavzusida maʼruza qildi.
Shuningdek, tadbirda universitetning “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi vakillari ham ishtirok etdi.





