Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Shoir-u she’r-u shuur” nomli nazm va navo kechasi

25.02.2026, 16:42 Yangiliklar 93

2026-yil 25-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Shoir-u she’r-u shuur” nomli nazm va navo kechasi tashkil etildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Madaniyat va ma’rifat kanali hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirni universitet rektori Gulchehra Rixsiyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi va adabiyot hamda san’atning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Kecha davomida taniqli shoirlar san’atkorlar ishtirok etib, bunday adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlar qalbida milliy qadriyatlar va badiiy tafakkurni yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Mazkur nazm va navo kechasi ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi hamda adabiyot va san’atning hayotimizdagi o‘rni yana bir bor namoyon bo‘ldi.