Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Sinxron tarjima” fanidan yakuniy nazorat ishi o‘tkazildi

16.05.2025, 12:32 Yangiliklar 250

#BRM_4 #ЦУР_4 #SDG_4

#BRM_17 #ЦУР_17 #SDG_17

2025-yil 16-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yaponshunoslik oliy maktabi dotsenti, PhD Nodira Xalmurzayeva tomonidan Temuriylar tarixi muzeyida “Sinxron tarjima” fanidan yakuniy nazorat ishi o‘tkazildi.

photo_2025-05-17_13-37-41

4-bosqich Yaponshunoslik yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan ushbu nazorat ishi “Temuriylar tarixi muzeyi va eksponatlarining yapon tilidagi tanishtiruvi va tarjimasi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Interfaol shaklda o‘tkazilgan ushbu nazorat ishida talabalar guruhlarga bo‘lingan holda muzeydagi asosiy eksponatlar bilan tanishib, ularning tarixiy-madaniy ahamiyatini yapon tilida bayon etdilar. Har bir talaba o‘ziga biriktirilgan eksponat bo‘yicha yapon tilida sinxron tarjima mashqini bajardi.

photo_2025-05-17_13-37-43

Jarayonda talabalar yapon tilida og‘zaki nutqni aniq, to‘g‘ri va mazmunli ifodalash hamda real sharoitda tarjima ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Ayniqsa, tarixiy atamalar va madaniy kontekstlarni mos tarjima qilish bo‘yicha amaliy tajriba orttirdilar.

Yakuniy nazorat ishi yakunida savol-javob va tahliliy fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘z bilim va malakalarini amalda sinab ko‘rib, ijodiy va jamoaviy ishlashda faollik namoyon etdilar.   Mazkur yakuniy nazorat ishi sinxron tarjima bo‘yicha amaliy tajriba bilan birga milliy merosimizni xalqaro miqyosda targ‘ib qilishda til bilishning ahamiyatini ochib berdi.