STARTUP MEETUP
2022 yilning 27-dekabr kuni soat 17:00 da “Startap uchun to‘g‘ri biznes modelini qanday tanlash mumkin” mavzusida Startup meetup bo‘lib o‘tadi.
Meetup spikeri – Nyu-Yorkdagi “Satou Agency” marketing va kommunikatsiya agentligi asoschisi Mehriniso Nigmatullina boʻladi.
Maʼruza davomida u har qanday biznesning asosiy maqsadi – uni monetizatsiya qilish haqida gapiradi. Onlayn uchrashuv ishtirokchilari oʻz startaplari uchun to‘g‘ri biznes-modelni qanday tanlashni, shuningdek, 2023-yilda startaplar uchun eng talabchan biznes modellari qanday bo‘lishini bilib olishadi.
“Satou Agency” – Nyu-Yorkdagi marketing va kommunikatsiya agentligi boʻlib, kompaniyalarga xalqaro bozorga chiqishda bevosita yordam beradi.
Ishtirok etish uchun arizalar 26-dekabrgacha quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://forms.gle/HbA7i19gxMZ8wWd16