Strategik rivojlantirish va transformatsiya boshqarmasi
Xodjimuratova Dilshoda Sunnatillayevna | ||
Lavozimi: | Strategik rivojlantirish va tarnsformatsiya boshqarmasi boshlig’i | |
Ilmiy darajasi: | Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) | |
Qabul kunlari: | Seshanba va juma kunlari (14:00-17:00) | |
Telefon: | +99890 903-77-76 | |
E-mail: | dilshoda_xodjimuratova@tsuos.uz |
Strategik rivojlantirish va tarnsformatsiya boshqarmasi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Boshqarma xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarda turuvchi xorijiy universitetlar tajribasi asosida universitetning rivojlanish strategiyasi uchun takliflar ishlab chiqadi.
Boshqarma tuzilmasi tarkibiga kiruvchi barcha bo‘limlar faoliyatini tashkil etadi, universitetning rivojlanish dinamikasini o‘rganib, tahlil qilib boradi.
Boshqarma tuzilmasi:
- O‘quv-uslubiy bo‘lim;
- Talabalar amaliyoti va karyera markazi.
Boshqarmaning funksional vazifalari:
– Universitetning uzoq va qisqa muddatli strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash, asosiy maqsadlar va vazifalarni aniq ishlab chiqish hamda ularning ijrosini nazorat qilish.;
– O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemogramma va telefonogrammalarni hamda boshqarma faoliyatiga oid Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori buyruqlarining bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
– Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining me’yoriy hujjatlari, uslubiy ko‘rsatmalari hamda universitet Kengashining o‘quv yo‘nalishiga oid qarorlari, universitet rektorining ko‘rsatmalari, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor topshiriqlari ijrosini ta’minlash;
– Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini nufuzli xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari tajribasini o‘rgangan holda transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish va zamonaviy sharqshunoslik konsepsiyasi asosida rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
– Universitetni rivojlantirishda transformatsiya jarayonlarini boshqarish, xorijiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy texnologiya va ilg‘or usullarni joriy etish.
– Nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish, xalqaro grantlar va loyihalarni jalb qilish
– Zamonaviy ta’lim talablariga mos keladigan o‘quv rejalarini va dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv rejalarini amaliyot bilan uzviy bog‘lash, ish beruvchilarning talablariga mos mutaxassislar tayyorlash.
– Universitet boshqaruv tizimini takomillashtirish, bo‘limlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, boshqaruv jarayonlarida zamonaviy boshqaruv vositalaridan foydalanish.
– Boshqarma va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish;
– Universitetning rivojlanish strategiyasiga erishish jarayonini monitoring qilish, uning natijalarini tahlil qilish va boshqaruv qarorlari qabul qilishda asos sifatida foydalanish uchun rahbariyatga hisobotlar taqdim etish.
– Boshqarma faoliyatiga oid Vazirlik va boshqa tegishli idoralarga o‘rnatilgan tartibda ma’lumot va hisobotlar taqdim qilib borish;
– Universitetning ichki va tashqi imijini mustahkamlash, marketing strategiyalarini ishlab chiqish, universitet brendini rivojlantirish orqali talabalarni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish.
– Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish.