Sukuba universitetining vebinarida ToshDSHI professor-o’qituvchilarining ishtiroki

ToshDSHIning “Yapon filologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari 2019 yilning 25-aprelidan boshlab Yaponiyadagi Sukuba universitetining O’zDJTU Innovatsion markazi bilan hamkorlikda boshlagan masofaviy ta’lim kursi mashg’ulotlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Mazkur kurs 5 ta vebinardan iborat bo’lib, har oyda bir o’tkaziladigan vebinarda CEFR – chet tillarini o’zlashtirishni baholash tizimi yapon va ingliz tillarida muhokama qilinadi. Navbatdagi vebinar 30-oktabrga mo’ljallangan bo’lib, Sukuba universiteti mutaxassislari bilan muhokama tarzida o’tkaziladi.