Talabalar uchun yangi imkoniyat!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 14 -fevraldagi PQ-61-son qaroriga muvofiq, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi hamda «Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti» o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Bunda:
🔺 “O‘zmilliybank” AJ tomonidan universitet talabalarning biznes g‘oyalarini moliyalashtirish;
🔺 Bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.
🔺talabalarni mahalliy ishlab chiqarish obyektlari hamda xorijdagi oliy ta’lim tashkilotlarida haq to’lanadigan amaliyotlarini tashkil etish ko’zda tutilgan.
🗣Qo’shimcha ma’lumot uchun: Talabalar amaliyoti va karyera markaziga murojaat qilishingiz mumkin.