TALABALARIMIZ YUTUQLARI
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2018/10/27368794_160486694602669_2885351045269397227_o-1024x305.jpg)
2018-yilning 12-fevral kuni Farg’ona davlat universitetida o’tkazilgan Xalqaro “MODEL SCO III” (SHHT modeli)da Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Xitoyshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi Ibrohim Jo’raboyev ishtirok etdi. Xitoy Xalq Respublikasi vakili sifatida ishtirok etgan talabamiz “Eng yaxshi ma’ruzachi” nominatsiyasida g’olib bo’ldi.
2018-yilning 14-fevral kuni Toshkent shahah Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashida “Xorijiy mamlakatlar iqtisodi va siyosati” fakulteti 2 kurs arab-ingliz guruhi talabalari Xayrullayev Ikrom va Murodov Baxtiyorga O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tarkibidagi Yoshlar Parlamentining deputatlik guvohnomalari taqdim etildi.