Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TALABALIKKA TAVSIYA ETILGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!

29.08.2022, 12:23 E'lonlar 2463

DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT! 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIGA  DAVLAT TEST MARKAZI RASMIY QAYDNOMALARI ASOSIDA 2022-2023 OQUV YILIGA  DAVLAT GRANTI YOKI TOLOV-SHARTNOMA ASOSIDA TALABALIKKA TAVSIYA ETILGAN ABITURIENTLARDAN QUYIDAGI HUJJATLARNI TEGISHLI FAKULTETLARDAGI ISHCHI GURUHLARGA

 2022- YILNING  5SENTYABRIDAN 10- SENTYABRIGA  QADAR(SHU KUNI HAM)

SHAXSAN TAQDIM ETISHLARI SORALADI:

  1. Abituriyent ruxsatnomasi;
  2. Javoblar varaqasi;
  3. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi(11-sinf negizida) attestati yoki litsey/kollej diplomining asl nusxasi (ilovasi bilan);
  1. Pasportdan(yoki ID) 6 nusxa(asl nusxasi ham ko‘rsatiladi);
  2. 3.5 x 4.5 sm o‘lchamdagi 8 dona rangli fotosurat(oq fonda);
  3. Harbiy bilet yoki harbiy ro‘yxatga olish guvohnomasi nusxasi ( hujjatning asl nusxasi ham ko‘rsatiladi)
  4. Imtiyoz asosida kirgan bo‘lsa imtiyoz haqidagi hujjatning asl nusxasi (xorijiy til bilish sertifikati, harbiy qism tavsiyanomasi, xotin-qizlar tavsiyanomasi, nogironlik tibbiy ma’lumotnomasi, chin yetimlik ma’lumotnomasi, boquvchisini yo‘qotganlik ma’lumotnomasi)
  1.   A5 o‘lchamidagi konvert
  2. Hujjatjild (skoroshsivatel)