“Talent show” xayriya konserti o’tkazildi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2018/12/photo_2018-12-04_12-02-25-1024x691.jpg)
2018-yilning 3-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan “Talent show” xayriya konserti o’tkazildi. Tadbirda institut hamda fakultetning iqtidorli, talantli, tashabbuskor talabalari, institut professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi. Konsertda talabalar tomonidan tayyorlangan go’zal kuy-qo’shiqlar, jozibador raqslar, QVZ jamoalarining chiqishlari taqdim etildi. Konsert dasturi 3-dekabr Xalqaro imkoniyati cheklangan insonlar kuni bilan tashkil etilgan bo’lib, tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar diplom bilan taqdirlandi.