Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’yicha raqamli bot ishga tushirilmoqda
Hurmatli talabalar! Universitetimizda ta’lim berish sifatini oshirish uchun sizning mashg‘ulotlar sifati haqidagi fikringizni o‘rganish maqsadida TDSHU Ta’lim sifatini nazoraiti bo‘limi o‘quv-uslubiy bo‘lim bilan birgalikda 2025-yil 24-noyabrdan boshlab https://t.me/HemisProBot botini ishga tushirmoqda. Ushbu botda ro‘yxatdan o‘tish uchun siz HEMIS tizimi uchun foydalanuvchi nomingiz va parolingizni kiritishingiz lozim. Dars jadvaliga muvofiq har bir darsdan so‘ng, siz 5 ta savoldan iborat so‘rovnomaga javob berishingiz kerak bo‘ladi. Sizdan samimiy va xolis javob berishingizni so‘raymiz. Natijalarni qayta ishlash va ularni tahlil qilish qat’iyan maxfiy tarzda amalga oshirilishiga kafolat beramiz.

