Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Ta’limda kredit-modul tizimi va uni o‘quv jarayoniga tatbiq etish masalalari” mavzusida mahorat darsi

28.12.2019, 17:01 Yangiliklar 2095

28-dekabr kuni ToshDSHI Sharq filologiyasi fakultetining qishki ta’til rejasiga muvofiq, fakultet professor-o‘qituvchilari uchun Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi mudiri H. Mirzaxmedova tomonidan “Ta’limda kredit-modul tizimi va uni o‘quv jarayoniga tatbiq etish masalalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “2020–2030 yillarda O‘zbekistonda Oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”, Oliy ta’limda kredit tizimi va uni o‘quv jarayonida qo‘llash, uning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, mustaqil ta’limni tashkil qilishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar, Balonya dekloratsiyasi, Moodle va uning yordamida ta’lim sifatini ko‘tarish hamda bu tizimni yuritishning ahamiyati bo‘yicha atroflicha tushuncha berildi. 2020-yildan ToshDSHI o‘zini-o‘zi moliyalashtiruvchi universitetlar qatoriga kiritilgani, kelajakda yaratilajak har bir o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tarjimonlik va boshqalar yuzasidan ko‘rsatiluvchi xizmatlarni ham institutga investisiya kiritgan holda amalga oshirilishining har tomonlama foydalari yuzasidan fikr almashildi. Kredit tizimida ta’lim, asosan, talabalarni mustaqil ishlashga o‘rgatish orqali amalga oshirilishi, bu yuzasidan, ayniqsa, sharq tillarini o‘qitishda mustaqil “uy o‘qishlari”ni yo‘lga qo‘yish, buning uchun qaysi parametrlar birlamchi ekanligi xususida Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi A. Nishanbayeva master-klass o‘tib berdi. Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, yangi 2020–2021 o‘quv yilida kredit tizimida ta’lim berishga kirishish uchun tayyorgarlik ko‘rishga kelishib olindi.

photo_2019-12-30_12-12-09-300x169 photo_2019-12-30_12-11-59-300x169 photo_2019-12-30_12-11-54-1024x576