“Tarixiy manbashunoslik, tarixnavislik, tarix tadqiqotlari metodlari va metodologiyasining dolzarb masalalari” mavzusidagi anʼanaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi
2025-yil 15-may kunida TDSHUda tarix yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar ishtirokida “Tarixiy manbashunoslik, tarixnavislik, tarix tadqiqotlari metodlari va metodologiyasining dolzarb masalalari” mavzusidagi anʼanaviy ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Mazkur konferensiya doirasida tarixiy manbalarni o‘rganish va tahlil qilish uslublari, zamonaviy tarixnavislikdagi yangi yondashuvlar, arxiv hujjatlari bilan ishlash tajribalari, tarixiy tadqiqot metodologiyasining dolzarb masalalari, O‘zbekistonda tarix fanining rivojlanish bosqichlari yo’nalishlarida ma’ruzalar o’qildi.
Tadbirda turli oliy ta’lim muassasalaridan mehmonlar ham ishtirok etdi.
Konferensiya yosh tarixchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish va ilmiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda ahamiyatli hisoblanadi.
















