Tarixiy voqeliklar va falsafiy ideallar: fanlar o‘rtasidagi dialoglar mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
“SHARQ SIVILIZATSIYASI VA FALSAFA” FAKULTETI
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4680-sonli qarori va 2020 yil 29 oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PF-6097-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Sharq sivilizatsiyasi va falsafa” fakulteti tomonidan 2025-yil 20-sentyabr kuni “Tarixiy voqeliklar va falsafiy ideallar: fanlar o‘rtasidagi dialoglar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil qilinmoqda.
Konferensiya maqsadi va vazifalari:
Konferensiya oʻz oldiga Sharq xalqlari madaniyati, tarixi, falsafasiga oid manbalarni o‘rganishda fanlararo tadqiqotlarning ahamiyati, sharq mamlakatlarining zamonaviy siyosiy jarayonlari, etnologiyasi va antropologiyasining nazariy-amaliy masalalari muhokamasiga bagʻishlanadi.
Konferensiyada ishtirok etishga respublikamiz va xorijiy mamlakatlardagi yetakchi sharqshunos, tarixchi, manbashunos, faylasuf olimlar bilan birga jahon tarixi, ijtimoiy-siyosiy institutlar va jarayonlar tarixi, xalqaro munosabatlar sohasida tadqiqot olib borayotgan professor-oʻqituvchilar, yosh tarixchi olimlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar taklif etiladi.
Konferensiya quyidagi boʻlimlarda oʻtkaziladi:
- Tarixiy tadqiqotlarda fanlararo yondashuvning nazariy va amaliy masalalari; Tarixiy hodisalarni o’rganishda fanlararo yondashuvlarni qo’llash bilan bog’liq metodologik innovatsiyalar va muammolarga e’tibor qaratish.
- 2. Global tarix: Sharq mintaqalarining o‘zaro bog‘liq taraqqiyoti tarixi; Sharq jamiyatlari o’rtasidagi transregional ta’sirlar, umumiy rivojlanishlar va tarixiy o’zaro aloqalarni global kontekstda o’rganish.
- Tarixiy manbashunoslik va tarixshunoslikning dolzarb masalalari; Tarixiy manbalarni tahlil qilish va talqin etishdagi so‘nggi tendensiyalar, munozaralar va metodologik masalalarni o‘rganish.
- Moddiy va nomoddiy madaniy merosni tadqiq etishda fanlararo tadqiqotlarning ahamiyati; Sharq sivilizatsiyalarining moddiy va nomoddiy madaniy an’analari saqlash va tahlil qilishga qaratilgan fanlararo yondashuvlarni ko‘rib chiqish.
- Sharq falsafasi va madaniyatining asosiy yo‘nalishlari; Sharq falsafasi va madaniyatini shakllnishida muhim o‘rin tutgan falsafiy maktablar, madaniy paradigmalar va intellektual an’analarni muhokama qilish.
Konferensiyada muhokama qilinadigan masalalar asosida ilmiy toʻplam nashr etiladi. Unda ishtirok etish uchun maʼruza matnlari (elektron variantda) va talabnomalar 2025-yil 5-sentybarga qadar qabul qilinadi.
Taqdim etiladigan maqolalar quyidagi tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak:
- Konferensiya materiali bir nusxada va elektron shaklda ikkita fayl:
- maqola (FISH_maqola) koʻrinishida doc/docx formatida
- talabnoma (FISH_talabnoma) koʻrinishida doc/docx formatida
- Rasmiylashtirish talablari:
- Shrift: Times New Roman, 14 pt
- Satr oralig‘i: 1.0 (yakka)
- Chegaralar: Yuqori va chap tomondan 2.5 sm, o‘ng va past tomondan 2.0 sm
- Maqola tuzilishi:
- Birinchi qator: maqola sarlavhasi, kattalar bilan, qalin harflarda va markazga joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
- Ikkinchi qator: muallifning to‘liq ismi-sharifi (familiya, ism, otasining ismi).
- Uchinchi qator: muallifning tashkiloti, ilmiy darajasi, unvoni va lavozimi.
- To‘rtinchi qatordan boshlab asosiy matn yoziladi.
- Asosiy matnni rasmiylashtirish:
- Satr oralig‘i: 1.0
- Abzas bo‘shligi: 1 sm
- Tekislash: ikki tomonlama
- So‘zlarni ajratish: avtomatik
- Manbalar:
- Maqola oxirida to‘liq foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilishi lozim.
- Scopus, Web of Science kabi xalqaro ilmiy bazalarga kiritilgan jurnallardagi manbalarga ustunlik berilishi kerak.
- Hajmi:
- Maqolalar kamida 6 bet bo‘lishi lozim.
Qabul qilinadigan tillar:
- Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi.
- Ilmiy sifat:
- Maqola ilmiy uslubda yozilgan, grammatik va stilistik jihatdan tahrirlangan bo‘lishi shart.
- Muallifning tashkilotga aloqadorligi aniq ko‘rsatilishi lozim.
- Xulosa va tavsiyalar:
- Har bir maqolada mavzuga oid muhim xulosalar va amaliy yoki nazariy tavsiyalar berilishi kerak.
Talabalar maqolalari:
- Bakalavr va magistratura talabalari tomonidan yozilgan maqolalar professor yoki dotsent tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlanishi
Tahririyat ko‘rib chiqishi va tanlab olish:
- Yuqoridagi talablarning barchasiga to‘liq javob beradigan maqolalar tahririyat ko‘rib chiqishidan o‘tgandan so‘ng ilmiy to‘plamga kiritiladi.
- Tashkiliy qo‘mita maqolalarni tanlash huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Maqolalar quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq sivilizatsiyasi va falsafa” fakulteti, (Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi 20-uy.)
Jumayev G‘ayratjon
Tel.: +998 90 162 95 75 (mobil, telegram)
E-mail: gayratjumayev622@gmail.com
Zokirov Bexzodjon
Tel.: +998 91 791-75-75 (mobil, telegram)
E-mail: zbexzodz@gmail.com
Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi tomonidan chuqur ilmiy mazmuni, asl tarixiy manbalardan foydalanishi va fanlararo tadqiqot yondashuvi bo‘yicha yuqori baholangan ilmiy maqolalar Scopus bazasida indekslanadigan konferensiya materiallari to‘plamida nashr etish uchun tavsiya qilinadi. Nashr etish uchun qo‘shimcha to‘lov talab etiladi.
N A M U N A
MAQOLA NOMI
Ishtirokchininng familiyasi, ismi, sharifi ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi.
Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn.
Adabiyotga iqtibos keltirish tartibi:
Muallif. Nashr nomi. Nashr qilingan joyi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili, umumiy beti.
Konferensiya qatnashchisi talabnomasining namunasi:
- Familiya, ism, sharifi
- Ilmiy darajasi va unvoni
- ORCID________________________________________________
- Ish joyi, lavozimi
- Maqolaning nomi
- Telefon
- E-mail _______________________________________________