TARJIMASHUNOSLIK VA XALQARO JURNALISTIKA OLIY MAKTABI
Mustafayeva Samida Toshmuxammedovna | ||
Ilmiy darajasi va unvoni: | Filologiya fanlari doktori (DsC), Dotsent | |
Lavozimi: | Oliy maktab boshlig’i | |
Qabul vaqti: | Har kuni (14:00-16:00) | |
Telefon: | +99897 732-02-86 | |
E-mail: | samida_mustafayeva@tsuos.uz |
TARJIMASHUNOSLIK, TILSHUNOSLIK VA XALQARO JURNALISTIKA OLIY MAKTABI
Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabida 2024-2025 o‘quv yilida 21 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 7 nafari fan doktori (6 nafari professor, 1 nafari dotsent), 4 ta fan nomzodi (1 nafari professor, 3 nafari dotsent), 5 nafari PhD (3 nafari dotsent, 2 nafari katta o‘qituvchi), 1 nafar O‘zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, dotsent, 1 nafar o‘qituvchi va 3 nafar stajer-o‘qituvchilardir. Oliy maktabning ilmiy salohiyati 70% ni tashkil etadi. Oliy maktabda 60230200 – “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” (sharq tillari bo‘yicha), 60320100 – “Jurnalistika: xalqaro jurnalistika” (sharq tillari bo‘yicha), 61010500 – “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” (sharq tillari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari va 70230201 – “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” (sharq tillari bo‘yicha), 70230202 – “Sinxron tarjima” (sharq tillari bo‘yicha) mutaxassisliklari mavjud. Oliy maktabda arab, fors, turk, hind, urdu, dariy, xitoy, yapon, koreys, indonez, malay tillari o‘qitiladi. Oliy maktab talabalari qator xalqaro va nomdor davlat stipendiyalari sovrindoridir. Jumladan, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Navoiy davlat stipendiyasi, Ogahiy nomidagi rektor stipendiyasi, Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” tashkiloti tomonidan ajratilgan stipendiyani qo‘lga kiritgan. Talabalarimiz yapon, xitoy tillari notiqlik san’ati bo‘yicha tanlovda Markaziy Osiyoda yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etgan. Shu bilan birga bakalavr, magistratura hamda til kurslarini o‘qish uchun Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Turkiya, Arab davlatlari, Indoneziya ta’lim grantlarini qo‘lga kiritib, bilim olishni xorijda davom ettirmoqda. Shuningdek, talabalar, magistrantlar va tadqiqotchilar xorijiy mamlakatlarda uzoq va qisqa muddatli stajirovkalar o‘tab kelishmoqda.
Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi tadqiqotchilarining ilmiy ishlari
№ | Tadqiqotchining F.I.Sh | Tadqiqot ish mavzusi |
Ilmiy rahbar F.I.Sh |
1 | Askarova Shaxnoza Kamoliddinovna | Alpomish dostoni inglizcha tarjimasining lingvomadaniy xususiyatlari | f.f.d., prof. D.S.Qulmamatov |
2 | Abdullayeva Nozima Anvarxonovna | O‘zbek, ingliz va arab tilidagi salomatlik bilan bog‘liq maqollarning semantik va funksional tadqiqi | f.f.d.,prof,Q.Sh.Omonov |
3 | Ashurova Sitora Erkinovna | Ingliz va o‘zbek tillaridagi bog‘dorchilik terminlarining leksikografik talqini | f.f.d., prof. L.R.Raupova |
4 | Fatxutdinova Iroda Atxamovna | Hindiydan o‘zbekchaga nasriy tarjimada ekvivalentlik darajalari | Phd, dots., N.B.Xodjayeva |
5 | Jabborova Zuhra
Tursinaliyevna |
A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar”romanining M. Reese “Bygone Days” tarjimasida milliy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning tarjimada ifodalanishi | F.f.d., prof. v.b. S.A.Hashimova |
6 | Jumaboyev Oybek Sheraliyevich | O‘zbekcha-turkcha sinxron tarjima kombinatsiyasida vaqt omili | DSc., prof. X.X.Hamidov |
7 | Kudratov Azamat Asrorovich | Sinxron tarjima strategiyalarini siyosiy va tijoriy qatlamda qo‘llanilishi arabcha o‘zbekcha kambinatsiyalar misolida | f.f.d., prof. Sh.G.Shomusarov |
8 | Nazrullayeva Gulnoza Karimbek qizi | Badiiy tarjimada personaj nutqining qayta yaratilishi masalalari (Hindiy tilidan tarjimalar misolida) | DSc., prof. v.b. X.X.Hamidov |
9 | Rasulova Kamola Patxilayevna | Oybek asarlari badiiyatining turkcha tarjimalarda aks etishi | DSc., prof. X.X.Hamidov |
10 | Safarova Iroda Yorqul qizi | Xitoy va o‘zbek diskursida yuridik terminlar tarjimasining qiyosiy tadqiqi | F.f.d., prof. v.b. S.A.Hashimova |
11 | Saidov Umidbek Shavkat o‘g‘li | Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanidagi milliylik va badiiylikning yaponcha tarjimadagi talqini | F.f.n., dotsent R.X.Sharipov |
12 | Saydiganiyeva Saida Saydinosirovna | Xitoy tilidagi badiiy matnlarning o‘zbek va rus tillaridagi tarjimalarini ortologik tadqiqi | PhD, dotsent
O.M.Ochilov |
13 | Xamidova Vazira Saloxitdin qizi | Fors va oʻzbek tillarida hisob soʻzlarining lingvomadaniy tadqiqi | DSc, dotsent D.R.Axmedova |
14 | Shamsiddinova Sitora Badriddinovna | Gilgamish eposida hayot va mamot konsepsiyasi | F.f.d., prof. G. Murodov |
15 | Shodmonova Dilfuza Akmalovna | Yashar Kamol asarlari badiiyatini tarjimada qayta yaratish masalalari | DSc., prof. X.X.Hamidov |
Oliy maktabning ilmiy loyhasi
- Ilmiy-tadqiqot loyihalari tayyorlash
- Tahliliy materiallar tayyorlash
Oliy maktabning hamkor tashkilotlari
- Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
- “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti
- Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti
- Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
- Lal Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi
- “Dunyo boʻylab” telekanali DUK
- Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
- Oʻzbekiston-24 telekanali
- O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi
- “Sharq yulduzi” jurnali
- Muhammad Yusuf nomli jamoat fondi “Oltin qalam” gazetasi
- TDSHU qoshidagi Yunusobod Xorijiy tillar akademik litseyi
- O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
- O‘zbek-Hind turizmni rivojlantirish uyushmasi
- O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi
- Toshkent islom instituti
- Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
- Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti
- Turkiya Respublikasining TRT tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
- TIKA Xalqaro tashkiloti
- Pekin til va madaniyat universiteti (XXR)
- Turkiyaning Balikesir universiteti
Oliy maktab faoliyati bo‘yicha fotolavhalar