TDSHI bitiruvchisi Xitoy tili bo‘yicha o‘tgan 13-xalqaro konferensiyada g‘olib bo‘ldi
13-xalqaro xitoy tilini o‘qitish va tadqiq etish konferensiyasi hamda 1-xalqaro Pekin universiteti xitoy tili forumida eng innovatsion maqola egasi sifatida O‘zbekistonlik Jasur Yakubov tan olindi. Sinologlar o‘rtasida o‘tkaziladigan ushbu konferensiyaga bu safar Pekin universiteti mezbonlik qildi.
Jasur Yakubov konferensiyada «Boshlang‘ich daraja guruhlari uchun mo‘ljallangan xitoycha-o‘zbekcha pedagogik lug‘atidagi morfoleksema va so‘zlar tasnifi hamda ularning grammatik belgilari» deb nomlangan maqolasi bilan g’olib bo’ldi.
Jasur Yakubov Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti bitiruvchisi bo’lib, hozirda Pekin chet tillari universiteti professori Chen Guoxuaning rahbarligi ostida «Boshlang‘ich daraja guruhlari uchun mo‘ljallangan xitoycha-o‘zbekcha pedagogik lug‘atining tadqiqi va tuzilishi» mavzusida izlanish olib bormoqda.
Manba: www.kun.uz