Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI vakillari xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda

19.02.2019, 15:09 Yangiliklar 2107

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2019-yilning 19-20 fevral kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bir qator vakillari mazkur konferensiyaning ochilish marosimida ishtirok etishdi.  

36 ta mamlakat, 9 ta xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, 71 ta tahliliy tuzilmalar, 18 ta davlat tashkilotlari va parlamentlardan 130 ga yaqin xorijiy ekspertlar ishtirok etayotgan mazkur anjumanda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, suv va ekologiya, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik masalalari muhokama etilmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Komilov hamda BMT bosh kotibiyatining maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz boshlig‘i N.German nutq so‘zladi.

photo5431558609554221671

0bfbd1234a38a410a907cbc1b34e503bXCMP3NX86sHNvsbqHx7szygewKUlZqBz