Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHIda “Kitobxonlik – talaba-yoshlar tafakkurida innovatsion g’oyalar rivojining asosi” mavzuida tadbir bo’lib o’tdi

20.12.2018, 17:17 Yangiliklar 2323

2018-yilning 20-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Kitobxonlik – talaba-yoshlar tafakkurida innovatsion g’oyalar rivojining asosi” mavzuidagi tadbir bo’lib o’tdi. Institutning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda institut rahbariyati, professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir zamonaviy bosqichda yoshlarning intellektual rivojlanishi hamda dunyo qarashining kengayishida kitobxonlikning o’rni haqidagi ma’ruza bilan boshlandi. Shundan so’ng navbat talabalar tomonida tayyorlangan sahna chiqishlari, ma’ruzalar, she’rlar guldastasi, klassik g’azallar namunalari va lirik qo’shiqlarga berildi. Tadbir davomida institut talabalaridan M.Abdujalilova, N.Abduvaliyeva Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani haqida, S.Abdullayev, F.Aliev Erix Mariya Remarkning “Uch og’ayni” asari haqida, H.Karabayeva Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani, Sh.Botirov Said Ahmadning “Hijron kunlari” asari, S.Umarova va K.Nosirova Cho’lponning “Kecha va kunduz” romani haqida ma’ruzalar qildilar. So’zga chiqqanlar badiiy adabiyot mutolaasi  va umuman kitobxonlikning yoshlarning ma’naviy kamoloti hamda barkamol shaxs bo’lib yetishishidagi ahamiyati haqida so’z yuritdilar.