TDSHIda ochiq muloqot o’tkazildi
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi rejasiga ko’ra, 2018-yilning 25-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ochiq muloqot o’tkazildi. Ochiq muloqotda institut rahbariyati, professor-o’qituvchilari, faol talabalari hamda Toshkentdagi Xalqaro Vestminter Universiteti rektori, Jamoatchilik kengashi raisi o’rinbosari K.Karimov, “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriri S.Raupov ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot davomida mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, talabalarning bilim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, mamlakatimizda mavjud OTMlarning salohiyatini oshirish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish va mustahkamlash, Boloniya jarayoniga integratsiya qilish masalalari, tizimda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari haqida fikr almashildi.
Tadbir yakunida bildirilgan fikr va mulohazalar, takliflar umumlashtirilib, ularni jamoatchilik kengashiga yetkazish belgilandi.