TDSHIda “O’zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tdi
2018-yilning 17-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi!”, “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!”, “O‘zbekiston farzandlari botir bo‘lur”, “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” va “Yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “Vatanparvar” birlashgan tahririyati Bosh muharriri, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi harbiy vatanparvarlik Kengashi raisi, “Oltin qalam” xalqaro tanlovi g‘olibi, polkovnik A.Safarov, Sirg‘ali tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik D.Mansurov, Sirg‘ali tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi E.Tolboboyev, Sirg‘ali tuman fahriylar kengashi vakillari K.Matyoqubov va G.Berdiyev, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rahbariyati, o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.