TDSHU bitiruvchi kurs talabalari bilan “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida “Oʻzmilliybank” AJ vakillari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi
2025-yil 18-iyun kuni “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida “Oʻzmilliybank” AJ vakillari ishtirokida TDSHU bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan talabalarga biznes g‘oyani moliyalashtirish tartibi va imkoniyatlari haqida tushuntirish berildi. Bank tomonidan tavsiya qilingan namunaviy loyihalar tanishtirildi.
Shuningdek, bitiruvchilarga bank tizimida mavjud vakansiyalar e’lon qilinib, ishga kirish istagida bo’lgan talaabalarga bo’sh ish o’rinlari uchun belgilangan talablar hamda hujjat topshirish bosqichlari bo’yicha ma’lumotlar berildi.

