Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU bitiruvchisi indonez tili notiqlik san’ati bo’yicha butun jahon musobaqasida 1-o’rinni egalladi

28.10.2025, 14:36 Yangiliklar 368

Joriy yilning 25–27-oktabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida “Festival Handai Indonesia 2025” nomli indonez tilida so‘zlasha oladigan chet elliklar uchun xalqaro darajadagi nufuzli musobaqa bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Indoneziyaning Ta’lim, madaniyat, tadqiqot va texnologiyalar vazirligi huzuridagi Tilni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash agentligi xabar bermoqda.

Dunyoning 60 ta davlatidan 500 yaqin indonez tilini biladigan chet ellik talabalar o’rtasida o’tkazilgan nufuzli xalqaro tanlovda O’zbekistondan yagona vakil sifatida ishtirok etgan Bekzod Abduvoitov “Nutq so‘zlash butunjahon tanlovi (Lomba Berpidato)da faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Bekzod Abduvoitovning ushbu yutug‘i nafaqat uning bilim va izlanishlarga bo‘lgan muhabbatini, balki yurtimizda ilm-fanga berilgan yuksak e’tibor samarasini ham yaqqol namoyon etdi.

Eslatib o’tamiz, Festival Handai Indonesia (FHI) – bu Indoneziyaning Ta’lim, madaniyat, tadqiqot va texnologiyalar vazirligi huzuridagi Tilni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash agentligi tomonidan indonez tilida so‘zlasha oladigan hamda Indoneziya sivilizatsiyasi, jamiyati va madaniyatini tushunadigan chet elliklar uchun o’tkaziladigan xalqaro nuzufli tanlov hisoblanadi.

Hozirda Bekzod Abduvoitov Indoneziya Respublikasining “Universitas Pendidikan Indonesia” universitetida magistratura bosqichida tahsil olmoqda.